O'zbekiston

Aholi murojaatlari vaqtida ko‘rib chiqmagan 19 nafar amaldor ishdan olindi

Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzgan va kamchiliklarni bartaraf etmagan 13 ta vazirlik hamda idoraga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Aholi murojaatlari vaqtida ko‘rib chiqmagan 19 nafar amaldor ishdan olindi

Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan vazirliklar, idoralar va hokimliklarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati o‘rganildi. Natijada 41 ta vazirlik, idora va hokimlikda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari 1070 ta holatda buzilgani aniqlangan.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi PF–51-son farmoni ijrosi hamda aholi murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish va bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat xatlari yuborilgan.

 

Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini eng ko‘p buzgan tashkilotlar quyidagilar bo‘lgan:

 

  • Andijon viloyati hokimligi — 137 ta holat;
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 107 ta holat;
  • Surxondaryo viloyati hokimligi — 103 ta holat;
  • Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi — 79 ta holat;
  • O‘zbekiston mahallalari uyushmasi — 65 ta holat;
  • Toshkent shahar hokimligi — 55 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyati hokimligi — 45 ta holat;
  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 45 ta holat;
  • Namangan viloyati hokimligi — 44 ta holat.

Qayd etilishicha, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tashkilot va idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilgan. Natijada 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan, 19 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, PF–51-son farmoni talablari asosida murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoraga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.

custom img

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

custom img

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

custom img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi ishtirokchilarining murojaati

Ishtirokchilar forumda qabul qilingan qarorlar dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, adolat va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"