O'zbekiston

Qashqadaryodagi 2,5 mlrd so‘mlik ko‘prik uch yil ichida yaroqsiz holga kelgani aytilmoqda

Ko‘prikdagi muammolar Qizil daryo o‘zanining cho‘kishi oqibatida yuzaga kelgan.

Qashqadaryodagi 2,5 mlrd so‘mlik ko‘prik uch yil ichida yaroqsiz holga kelgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Xiyobon va Guliston mahallalarini bog‘lab turuvchi ko‘prik yaroqsiz holatga kelgan. Bu haqda Uzdiplomat xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ko‘prik Qizil daryo o‘zanining cho‘kishi oqibatida xavfli holatga kelib qolgan. Hududda faoliyat yurituvchi jamoat faoli Elmurod Odilning ta’kidlashicha, inshoot hozirda xavfli holatga kelib qolgan.

 

Aholi vakillari mas’ul tashkilotlardan hududda zudlik bilan xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Qayd etilishicha, mazkur ko‘prik qurilishi 2019-yilda boshlangan va 2022-yilda yakunlangan. 

 

Murojaatchilar ko‘prikni milliardlab so‘m evaziga qurgan tashkilotlar tomonidan qanday kafolatlar berilgani, shuningdek, inshootni foydalanishga qabul qilgan mas’ullar nega vaziyat yuzasidan munosabat bildirmayotganiga aniqlik kiritilishini so‘ramoqda.

 

Ta’kidlanishicha, bu mazkur masala yuzasidan ilk murojaat emas. Aholi vakillari avval ham ko‘prikdagi muammolarni ko‘targan.

 

“Ko‘prikka faqat favqulodda holat yuz bersagina e’tibor qaratiladimi?” deya savol qo‘ymoqda murojaatchilar.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"