O'zbekiston

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fani o‘qitiladi

Ish beruvchilar buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta’lim tizimini joriy etish taklif qilindi. Unga ko‘ra, o‘qishni tamomlagan bitiruvchini ish bilan ta’minlash kafolatlanadi.

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fani o‘qitiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba tamomlaydi. Oliy ta’lim bilan qamrov darajasi kengayib borayotgani sababli mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchilar soni ham ortmoqda.

 

Taqdimotda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oliygohlardagi karyera markazlari faoliyatini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Qayd etilishicha, bitiruvchilarning biznes loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 2025-yilda 6 mingdan ortiq loyiha uchun 378 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Natijada qariyb 8 ming nafar bitiruvchining bandligi ta’minlangan.

 

2026-yilda esa 8 mingdan ziyod loyihani moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltirish va 10 mingga yaqin yoshni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Dastur imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak berish taklif etildi.

 

Shuningdek, “TalabaExpo-2026” kasb ko‘rgazmalarini ish beruvchilar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida respublikaning barcha hududlarida samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

 

Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda yirik xo‘jalik birlashmalarining mas’uliyatini oshirish muhimligi qayd etildi. Bu boradagi ishlar “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinadi va bandlik masalasi mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi.

 

Taqdimotda oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish va ularning samaradorligini “Bitiruvchi sifati indeksi” asosida baholash taklif qilindi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

 

Joriy yilda oliygohlar miqyosida 360 ta, fakultetlar kesimida 750 ta mehnat yarmarkasi hamda mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab barcha oliygohlarda talabalarning biznes yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Tadbirkorlik asoslari” fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, talabalar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, spin-off korxonalar faoliyatiga yoshlarni jalb etish, kafedralarning ishlab chiqarish korxonalarida filiallarini ochish hamda bitiruv ishlari himoyasini ish beruvchi korxonalarda o‘tkazish amaliyotini kengaytirish rejalashtirilgan.

 

Taqdimot davomida aniq buyurtmalar asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta’lim tizimini joriy etish tashabbusi ham ilgari surildi. Ushbu modelda ish beruvchi va oliygoh o‘rtasidagi kelishuv asosida talabalarni qabul qilish va kontrakt miqdorini belgilash, o‘qishni tamomlagan bitiruvchini ish bilan ta’minlash kafolatlanadi.

 

Yig‘ilish yakunida Prezident mutasaddilarga bitiruvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ilgari surilgan tashabbuslarni puxta ishlab chiqish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.