O'zbekiston

Alimentdan qarzdor erkakni topishga sobiq turmush o‘rtog‘i yordamlashdi

Uning qarzi 30 mln so‘mdan oshiq bo‘lgan va sud qarori bilan 15 sutkaga qamalgan.

Alimentdan qarzdor erkakni topishga sobiq turmush o‘rtog‘i yordamlashdi

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi tomonidan qidiruvdagi shaxslar va mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

 


Boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan qarzdor deb topilgan 288 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

 


Joriy yilning o‘tgan davrida, 96 nafar qidiruvdagi shaxslar topilib, keyingi ijro harakatlari amalga oshirilgan. Birgina, may oyida qidiruvdagi 8 nafar shaxslar topilib, davlat ijrochilari ixtiyoriga yuborilgan.

 


Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor S.O.dan undiruvchi R.M.ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 


Ijro hujjati Byuroning Tuproqqal’a tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan. Biroq qarzdorni yashash manzilidan topishning imkoni bo‘lmaganligi sababli qidiruv e’lon qilingan.

 


Shundan so‘ng, qarzdorning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan bo‘lgan suhbatda, qarzdor yashab kelayotgan manzili haqida ma’lumotlar olingan va Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, qarzdor Hazorasp tumanidagi sha’riy nikohidagi turmush o‘rtog‘ining xonadonidan topilgan.

 


Uning alimentdan qarzi 34,4 mln so‘m ekanligi aniqlangan. Qarzdor S.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47⁴-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqa’la tumani sudining qaroriga asosan qarzdor S.O.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Alimentdan qarzdor erkakni topishga sobiq turmush o‘rtog‘i yordamlashdi | Zamon.uz