O'zbekiston

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatining Nurota tumanida Tico va Sinotruk rusumli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 3-iyun kuni soat 08:30 atrofida “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi D-191 Qizilqum halqa avtomobil yo‘lining 86-kilometrida yuz bergan.

 

Aniqlanishicha, Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagan va Sinotruk yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda yengil avtomobil Sinotruk rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

 

YTH natijasida Tico haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Hodisadan so‘ng mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 

 

Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga oid takliflarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.