Jahon

Putinni hibsga olish orderini bergan prokuror ishdan olindi

Xalqaro Jinoyat Sudi prokurori jinsiy zo'ravonlikda ayblanmoqda.

Putinni hibsga olish orderini bergan prokuror ishdan olindi

 

Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) Rim Statutiga a’zo davlatlar Assambleyasi Byurosi qaroriga muvofiq, prokuror Karim Xon unga nisbatan ilgari surilgan jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari bo‘yicha intizomiy ish yakuniy qarori qabul qilinmaguncha lavozimidan vaqtincha chetlashtirildi. Bu haqda sudning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

 

Qaror darhol kuchga kirgan bo‘lib, mazkur holat bo‘yicha ish Ishtirokchi Davlatlar Assambleyasiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Shuningdek, masalani muhokama qilish maqsadida yaqin fursatda maxsus sessiya chaqirilishi rejalashtirilgan.

 

Sud bayonotida qayd etilishicha, prokurorni lavozimidan chetlatish yakuniy hukm emas, balki vaqtinchalik choradir. Yakuniy qaror intizomiy ish bo‘yicha to‘liq tekshiruv yakunlangach qabul qilinadi.

 

Mazkur qaror BMT Ichki nazorat organi tomonidan o‘tkazilgan tergov hisobotlari, mavjud dalillar hamda ekspert xulosalari asosida qabul qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Karim Xon 2023-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova ustidan hibsga olish orderini bergan edi. Keyinchalik Rossiya Tergov qo‘mitasi unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"