O'zbekiston

Sudyalar uchun mol-mulk va daromadlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi

Sudyalar oliy kengashi 2026-yil 1-sentabrgacha sudyalar tomonidan daromadlar, mol-mulk va manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni topshirish, tekshirish hamda tahlil qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan elektron tizimni ishga tushiradi.

Sudyalar uchun mol-mulk va daromadlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi

 

Prezidentning 9-iyundagi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda sudyalar, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolari — turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

 

Hujjatga ko‘ra, sud apparati faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish maqsadida Komplayens nazorat xizmatlari tashkil etiladi. Ushbu tuzilmalar sud apparatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, xodimlarning kasb etikasi va qonunchilik talablariga rioya etishini monitoring qilish hamda ishga qabul qilish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

 

Shuningdek, Komplayens nazorat xizmatlari sud apparati xodimlari va ularning oila a’zolari daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni yuritish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini nazorat qilish, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka qarshi kurashish vazifalarini ham bajaradi.

 

Farmonga muvofiq, Sudyalar oliy kengashi 2026-yil 1-sentabrga qadar sudyalar tomonidan daromadlar, mol-mulk va manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni topshirish, tekshirish hamda tahlil qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan elektron tizimni ishga tushiradi.

 

Bundan tashqari, Oliy sud 2027-yil 1-mayga qadar sud apparati xodimlari uchun shunday elektron deklaratsiya tizimini joriy etadi.

 

Hujjatda korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni xalqaro standartlar asosida himoya qilish va rag‘batlantirish, shuningdek, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallarini yaratish ham nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, Oliy sud apparatida Oliy sud raisiga bevosita bo‘ysunuvchi Komplayens nazorat xizmati tashkil etiladi. Hududiy sudlarda esa korrupsiyaga qarshi nazoratni amalga oshiruvchi maxsus inspektor lavozimlari joriy qilinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.