O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali suvdan 7,6 mlrd so‘mlik zarar undirildi

Shu tariqa ijro ishi tamomlanib, qarzdorlik to‘liq qoplab berildi.

Toshkentda MIB orqali suvdan 7,6 mlrd so‘mlik zarar undirildi

Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan yirik miqdordagi qarzdorlikni undirish bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida davlat manfaatlari ta’minlandi.

 


Jumladan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “P” korxonadan undiruvchi “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ foydasiga jami 10 mlrd 664 mln 640 ming so‘m miqdorida yetkazilgan zararni undirish belgilangan.

 


Mazkur ijro hujjati Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, qonunchilik talablariga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan hamda tegishli talabnomalar yuborilgan.

 


Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash va xatlash bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida qarzdor korxona tomonidan 2026 yil 3 iyun kuni qoldiq 7 milliard 326 million 276 ming 168 so‘m mablag‘ to‘liq to‘lab berildi.

 


Natijada suv ta’minoti xizmatlaridan yuzaga kelgan 7 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik to‘liq qoplanib, sud hujjati ijrosi amalda ta’minlandi va ijro ishi tamomlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda MIB orqali suvdan 7,6 mlrd so‘mlik zarar undirildi | Zamon.uz