O'zbekiston

Toshkentda ota 260 mln alimentni oldindan to‘lab berdi

Erkak farzandlarining 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish istagini bildirgan.

Toshkentda ota 260 mln alimentni oldindan to‘lab berdi

MIBning Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish haqidagi ijro hujjati ijrosi ta’minlandi.

 


Ijro hujjatlariga muvofiq, qarzdor fuqaro 4 nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lab kelgan bo‘lib, u shu kunga qadar to‘lovlarni har oy belgilangan muddatlarda amalga oshirib kelgan.

 


Keyinchalik qarzdor sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishuvga erishib, farzandlarining 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish istagini bildirgan. Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik talablari asosida hisob-kitoblar amalga oshirildi.

 


Hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 nafar farzandning voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun jami 265 million 907 ming so‘m aliment mablag‘i belgilangan.

 


Natijada qarzdor tomonidan joriy yilning 8 iyun kuni mazkur mablag‘ to‘liq to‘lanib, undiruvchiga o‘tkazildi. Shu tariqa, 4 nafar farzandning kelgusidagi ta’minoti uchun mo‘ljallangan aliment mablag‘i oldindan qoplandi hamda ijro hujjati amalda bajarilganligi sababli tamomlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ota 260 mln alimentni oldindan to‘lab berdi | Zamon.uz