O'zbekiston

Xitoyda xalqaro seminar: Tajriba almashinuvi va yangi hamkorliklar

Pekinda O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida tibbiyot hamda farmatsevtika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 15 kunlik xalqaro seminar tashkil etildi.

Xitoyda xalqaro seminar: Tajriba almashinuvi va yangi hamkorliklar

 

O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida hamda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Pekin shahrida tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 15 kunlik xalqaro seminar tashkil etildi. Unda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham faol ishtirok etdi.

 

Seminar davomida ishtirokchilar Xitoyning tibbiyot, farmatsevtika va an’anaviy tabobat sohalaridagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishib, yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi ilmiy-amaliy uchrashuvlar va muloqotlarda qatnashdilar.

 

Xususan, Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Pekindagi qator ilmiy markazlar, tibbiyot muassasalari va farmatsevtika tashkilotlari faoliyati bilan tanishib, ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

 

Tadbir doirasida Xitoy xalq tabobati yo‘nalishidagi zamonaviy tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

Mazkur seminar natijalari Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutining xalqaro aloqalarini kengaytirish, ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash hamda tibbiyot va farmatsevtika sohalarida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xitoyda xalqaro seminar: Tajriba almashinuvi va yangi hamkorliklar | Zamon.uz