Jahon

Afg‘onistondagi namoyishda 2 ayol halok bo‘ldi

Islomiy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblangan ayollarning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Afg‘onistondagi namoyishda 2 ayol halok bo‘ldi


 
Afg‘onistonda islomiy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblangan ayollarning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2 kishi vafot etdi. Ammo Tolibon rasmiylari buni tasdiqlamadi. Bu haqida BBC xabar berdi.


 
Voqea Afg‘onistonning g‘arbiy Hirot shahrida sodir bo‘lgan. Tolibon politsiyasi ushbu harakatlarni “xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash uchun ko‘rilgan choralar” deb atab, norozilik namoyishida o‘q uzilganini tan olgan.


 
Nashrning ta’kidlashicha politsiya namoyishni tarqatish uchun qanday choralar ko‘rgani noma’lum. Ammo guvohlar xavfsizlik kuchlari tayoq, qamchi va o‘qotar qurollardan foydalanganini aytishgan.


 
Hirot politsiya qo‘mondonligi vakili Sayid Mas’ud Husayniy holatga izoh berar ekan namoyishchilarni hijob o‘rashga qarshi chiqish bahonasida keskinlik yaratishga harakat qilishda ayblagan.


 
BMTning Afg‘onistondagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Richard Bennet X’dagi sahifasida Hirotdagi namoyishchilarga keragidan ortiq kuch ishlatilganini aytib Tolibon hukumatini aybdorlarga chora ko‘rishga chaqirgan.


 
Tolibon 2021-yil Afg‘oniston hokimiyatiga kelganidan bir yil o‘tib, 2022-yil may oyidan boshlab ayollarga hijob o‘rashni majburiy qilgan edi.


 
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Eronda 22 yoshli Mahsa Amini ro‘molni noto‘g‘ri o‘ragani uchun kaltaklab o‘ldirilgani katta namoyishga sabab bo‘lgan edi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.