O'zbekiston

O'zbekistonda ekologlar va faollarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi hissasi e’tirof etildi

Zamon.uz bosh muharriri Farida Egamberdiyeva ham “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

O'zbekistonda ekologlar va faollarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi hissasi e’tirof etildi

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Taqdirlash marosimida mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirgan.

 

Tadbirda Qo‘mita markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarining faol xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ekologik faollar ishtirok etgan.

 

Marosim davomida so‘zga chiqqan Aziz Abduhakimov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakat ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratayotgani qayd etilgan.

 

Ta’kidlanishicha, joriy yil 31-may – 6-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik fondning VIII Assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani O‘zbekistonning ekologik texnologiyalar, investitsiyalar va ilg‘or tajriba almashinuvidagi mavqeini yanada mustahkamlagan.

 

Qo‘mita raisi Butunjahon atrof-muhit kuni har bir insonning kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini eslatib turuvchi muhim sana ekanini qayd etib, fuqarolarni ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga chaqirgan.

 

Marosim yakunida “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi xodimlar, hamkor tashkilotlar, ilmiy muassasalar, madaniyat va jamoat tashkilotlari vakillari, ekofaollar hamda OAV xodimlari taqdirlangan.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda respublika bo‘ylab atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni rivojlantirish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shgan jami 169 nafar fuqaro “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.