Jahon

Pokiston Afg'onistonga qarshi yangi hujumlarni boshladi

Havo zarbalari oqibatida 13 kishi, jumladan 11 bola halok bo‘lgani bildirildi.

Pokiston Afg'onistonga qarshi yangi hujumlarni boshladi

 

Afg‘oniston rasmiylari Pokistonni mamlakatning sharqiy hududlariga yangi havo hujumlari uyushtirishda aybladi. Afg‘oniston Oliy rahbari matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning ma’lum qilishicha, hujumlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan 11 nafari bolalardir.

 

Bildirilishicha, zarbalar Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi tinch aholi yashash manzillariga berilgan. Hodisa oqibatida yana 14 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

 

Zabihulloh Mujohid Pokiston armiyasini Afg‘oniston havo hududini buzishda ayblab, mazkur harakatni qoralagan. Uning ta’kidlashicha, hujumlar tinch aholiga qaratilgan bo‘lib, Afg‘oniston tomoni buni “gumanitar jinoyat” sifatida baholamoqda.

 

Shu bilan birga, Pokiston rasmiylari hozircha Afg‘oniston hududiga zarbalar berilgani yuzasidan rasmiy bayonot berganicha yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida chegara hududlarida bir necha bor qurolli to‘qnashuvlar kuzatilgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.