O'zbekiston

Eng arzon go‘sht qayerda sotiladi?

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev olib borgan tadqiqotga ko‘ra, Jizzax, Namangan, va Qashqadaryo viloyatlarida go‘sht narxi boshqa viloyatlarnikiga qaraganda qimmat narxda sotilmoqda.

Eng arzon go‘sht qayerda sotiladi?

 

Eng qimmat nominal narx Toshkent shahrida boshqa hududlarga nisbatan yuqori shakllangan. Xususan, 3-iyun holatiga Toshkent shahrida mol go‘shtining o‘rtacha narxi 132,8 ming so‘mni tashkil etgan. Eng past narx esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, mol go‘shtining o‘rtacha narxi 107,5 ming so‘mga teng. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev O‘zbekistondagi go‘sht narxi haqida Telegram sahifasida tahlilini e’lon qildi.

 

Iqtisodchining yozishicha, Toshkent shahrida boshqa viloyatlarga qaraganda go‘shtning nominal narxi barcha viloyatlardan qimmat bo‘lsa-da, oylik ish haqini taqqoslaganda poytaxtda go‘sht narxi boshqa hududlarga nisbatan eng arzon hisoblanadi.

 

“O‘rtacha toshkentlik oylik daromadi bilan 88 kg  mol go‘shti sotib olishi mumkin. Taqqoslash uchun, xalq tilida eng ko‘p go‘sht yeydigan hududlardan biri sifatida aytiladigan Surxondaryoda bu ko‘rsatkich 37,8 kg ni tashkil etadi. Ya’ni o‘rtacha Surxondaryolik oylik maoshi bilan o‘rtacha toshkentlikdan 2,3 barobar kamroq go‘sht sotib ololadi.    Shuningdek, xarid qobiliyati bo‘yicha Navoiy (70,7 kg), Toshkent viloyati (50 kg) kabi hududlarda ham go‘sht narxi nisbatan arzon shakllangan”, — deyiladi tahlilda.

 

                                         

 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonda o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastroq ish haqi shakllangan bo‘lishiga qaramasdan go‘sht narxining  boshqa hududlarga nisbatan sezilarli farq qilishi sababli go‘sht xarid qobiliyati nisbatan yuqori shakllangan. Surxondaryo singari Jizzax, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida mol go‘shti narxi respublikada eng yuqori shakllangan hududlardan hisoblanadi.  

 

Xolboyevning yozishicha, go‘sht narxini tumanlar kesimida olib qaralsa, eng qimmat go‘sht Forish tumanida ekanligini aniqlangan. Mazkur tumanda odamlar oladigan oylikka  26 kg go‘sht sotib olishi mumkin. Shuningdek tumanda go‘shtning nominal narxi ham Respublikadagi eng yuqori hisoblanadi. Tumanda 1 kg go‘sht narxi 140,2 ming so‘mga teng.

 

                                             

 

Eng arzon go‘sht narxi tumanlar kesimida Toshkent shahridagi, Mirobod, Uchquduq, Yunusobod tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda. Yuqorida keltirilgan tumanlarda yashovchi fuqarolarning oylik maoshiga 100 kg dan ko‘proq go‘sh sotib olishi mumkin. Shuningdek go‘sht narxi eng arzon shakllangan 20 ta tumanning 8 tasi Toshkent shahrida joylashgan.

 

                                         

 

Forish tumanida go‘sht narxi qimmat bo‘lishi bilan birga oylik maoshlar ham past darajada. Chunki tumanda yashovchilar bir oy ishlab topgan puliga bor yo‘g‘i 26 kg go‘sh sotib olishi mumkin.  Statistika qo‘mitasi tomonidan oylik maoshlar haqida e’lon qilingan hisobga ko‘ra, Jizzax viloyatida o‘tacha ish haqi 5 mln 142 ming 800 so‘mni tashkil qilgan. Ammo bu o‘rtacha oylik hisoblanadi, bu oylik olmayotganlar ham bundan ko‘p olayotganlar ham bor.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"