O'zbekiston

"Ko'chaga qolishga tayyor bo'lsangiz, kredit oling" — Erkinjon Turdimov

Sirdaryo viloyati hokimi fuqarolar qabulida kredit olishda yordam so'rab kelgan onaxonga kredit olmaslikni tavsiya qildi.

"Ko'chaga qolishga tayyor bo'lsangiz, kredit oling" — Erkinjon Turdimov

 

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov fuqarolardan birining tomorqasiga suv chiqarish uchun 120 million so‘m kredit olish haqidagi murojaatiga munosabat bildirib, kredit olish masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

 

Hokimning ta’kidlashicha, dehqonchilik faoliyati yuqori tavakkal bilan bog‘liq bo‘lib, hosilning nobud bo‘lishi, tabiiy ofatlar, suv bosishi, zararkunandalar yoki boshqa kutilmagan holatlar kreditni o‘z vaqtida qaytarishni qiyinlashtirishi mumkin.

 

«Shunga tayyorman desangiz, bankka murojaat qilinglar. Ko‘chada qolishga tayyor bo‘lsangiz. Bo‘lmasa, kreditga murojaat qilmang», — degan viloyat hokimi.

 

“Ertaga kreditning foizini va asosiy qismini qaytara olmay qolsangiz, uyingizni sotib yuborib kreditni qaytarishga tayyormisiz? Ana shu savolni avvalo o‘zingizga bering”, — deya ta'kidlagan Erkinjon Turdimov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kredit bo‘yicha qarzdorlik ortib ketishi mol-mulkni sotishga majbur qilishi mumkin. Shu bois hokim fuqarolarni imkoniyatlarini puxta hisoblab, ortiqcha tavakkal qilmaslikka chaqirgan.

 

Shuningdek, hokim murojaatchining tomorqasiga suv chiqarish muammosini kredit hisobidan emas, balki hokimlik va mutasaddi tashkilotlar ko‘magida hal etish mumkinligini ma’lum qilgan. Suv chiqarish va yerga texnik yordam ko‘rsatish uchun tegishli xizmatlarga topshiriq berilishi aytilgan.

 

“Tomorqangizga suv chiqarib berishga, ishlatishga, hammasiga ko‘mak beriladi. Kredit olib o‘zingizni qiyin ahvolga solib qo‘ymang”, — deya qo‘shimcha qilgan hokim.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.