O'zbekiston

O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi

Endilikda jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish yo‘li bilan hal etishning imkoni bo‘lmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda jamoaviy mehnat nizolari yuzaga kelgan hollarda ish tashlashni tashkil etish tartibi qonun bilan belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

 

Prezident tomonidan imzolangan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga (O‘RQ–1150-son, 2026-yil 11-iyun) muvofiq, agar jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish tartib-taomillari orqali hal etishning imkoni bo‘lmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

 

Qonunga ko‘ra, ish tashlashda qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi. Hech kim ish tashlashda qatnashishga yoki undan bosh tortishga majburlanishi mumkin emas.

 

Ish tashlashni e’lon qilish haqidagi qaror tashkilot xodimlarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan xodimlarning 50 foizidan ko‘prog‘i tomonidan ma’qullangan taqdirda qabul qilinadi. Bunday qaror ish tashlash boshlanishidan kamida bir oy oldin qabul qilinishi lozim.

 

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish tashlash e’lon qilingani haqida ish beruvchini qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

 

O‘z navbatida, ish beruvchi bo‘lajak ish tashlash to‘g‘risidagi yozma bildirishnomani olganidan keyin bir ish kuni ichida jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi.

 

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi | Zamon.uz