O'zbekiston

Qashqadaryodagi xususiy bolalar bog'chasida uch yoshli bola vafot etdi

Bola muassasa xodimlarining e’tiborsizligi oqibatida xizmat avtomobilida qolib ketib vafot etgan.

Qashqadaryodagi xususiy bolalar bog'chasida uch yoshli bola vafot etdi

 

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli tarbiyalanuvchining vafoti bilan bog‘liq fojiali holat yuz berdi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yil 4-iyun kuni “Zafar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.A.ga tegishli xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, muassasaga olib ketilayotgan tarbiyalanuvchilardan biri transport vositasida unutib qoldirilgan. Bolalar bog‘chasi xodimlarining beparvoligi va mas’uliyatsizligi oqibatida bola avtomobil ichida qolib ketgan va vafot etgan.

 

Ta’kidlanishicha, muassasa mas’ullari bolalarni transportda tashish jarayonida xavfsizlik qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli organlar tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, belgilangan tartiblarga amal qilinmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O.A. bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.