O'zbekiston

TIV O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari tekshirilgani yuzasidan AQSHdan rasmiy izoh so‘radi

Tashqi ishlar vazirligi sport tadbirlarida xavfsizlik choralari o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarga putur yetkazmasligi lozimligini ta’kidladi.

TIV O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari tekshirilgani yuzasidan AQSHdan rasmiy izoh so‘radi

 

AQSHning Nyu York shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari hamda murabbiylar shtabi a’zolari qat’iy xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilgani yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tegishli choralarni ko‘rgan.

 

TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning Zamon.uz'ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Nyu Yorkdagi Bosh konsulxonasi orqali AQSHning vakolatli idoralari bilan aloqa o‘rnatilib, vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish so‘ralgan.

 

Qayd etilishicha, har bir davlat o‘z hududida xavfsizlik choralarini milliy qonunchilik va ichki tartib-qoidalar asosida amalga oshirish huquqiga ega. Shu bilan birga, bunday jarayonlar xalqaro sport musobaqalarining asosiy tamoyillari bo‘lgan o‘zaro hurmat, tenglik va do‘stona munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi muhim ekani ta’kidlangan.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 8-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv arafasida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari qo‘l metallodetektorlari yordamida tekshirilgani aks etgan videolar tarqalgan edi. Kadrlarda xavfsizlik xodimlari futbolchilar va murabbiylardan sumkalar hamda sport anjomlarini yerga qo‘yishni so‘ragani, hududda xizmat iti bilan kinolog va boshqa xavfsizlik xodimlari faoliyat olib borgani ko‘ringan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"