O'zbekiston

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining bir qismi o‘pirildi

Hodisa oqibatida yaqin atrofdagi bino va inshootlar, boshqa obyektlar hamda aholi xonadonlariga zarar yetmagan.

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining bir qismi o‘pirildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida qisman o‘pirilish holati yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, hodisa 11-iyun kuni soat 14:00 atrofida Bektemir tumani "Nurafshon" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining suv inshooti (vodopad) yaqinidagi o‘ng qirg‘oq beton qoplamasida kuzatilgan.

 

Hodisa joyiga Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda boshqa mas’ul xizmatlar xodimlari yetib borib, vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rmoqda.

 

Shuningdek, qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida idoralararo maxsus shtab tashkil etilgan.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida yaqin atrofdagi bino va inshootlar, boshqa obyektlar hamda aholi xonadonlariga zarar yetmagan. Hozirda fuqarolar uchun hech qanday xavf mavjud emas.

 

Toshkent shahar hokimligi va mas’ul idoralar vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"