O'zbekiston

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston nechanchi o'rinda?

"Oq bo‘rilar" mundial oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatidan so‘ng FIFA reytingida 6,47 ochko yo‘qotgandi.

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston nechanchi o'rinda?

FIFA 11-iyun kuni milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. 

 

Yangilangan jadvalga ko‘ra, Argentina milliy terma jamoasi birinchi o‘rindan joy oldi. Ikkinchi o‘rinni Ispaniya, uchinchi o‘rinni esa o‘tgan oy birinchi o‘rinda bo‘lgan Fransiya egalladi.

 

 

Mazkur reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1458,73 ochko bilan 50-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Fabio Kannavaro shogirdlari Osiyo terma jamoalari orasida 5- eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

 

 

Qit’a reytingida O‘zbekistondan yuqorida Yaponiya (18-o‘rin), Eron (20), Janubiy Koreya (25) va Avstraliya (27) terma jamoalari joy olgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, "Oq bo‘rilar" mundial oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Kanada va Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi va FIFA reytingida 6,47 ochko yo‘qotdi. 

 

Shunga qaramay, boshqa terma jamoalarning ham ochko yo‘qotishi sababli O‘zbekiston reytindagi o‘rnini saqlab qoldi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"