O'zbekiston

Farg‘onada soliq qarzi sabab korxona binosi xatlandi

Korxonaning soliq qarzi 700 mln so‘mni tashkil etgan.

Farg‘onada soliq qarzi sabab korxona binosi xatlandi

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlariga asosan, qarzdor “Q.I.” MCHJning davlat byudjeti oldidagi soliq qarzi qariyb 700 million so‘mni tashkil etgan.

 

Qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun berilgan imkoniyatdan foydalanilmagani sababli davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazildi.

 

Ijro tadbirlari davomida korxonaga tegishli bino va inshootlar xatlandi, shuningdek, qarzdor tasarrufidagi Damas rusumli avtotransport vositasi ham xatlovga olindi.

 

Endilikda xatlangan mol-mulklar belgilangan tartibda baholanib, qarzdorlikni qoplash maqsadida realizatsiya qilinishi mumkin.

 

Mazkur holat davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor namoyon etdi.

 

 

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"