O'zbekiston

Fitch “O‘zbekgidroenergo” reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

Kompaniyaning uzoq muddatli xalqaro kredit reytingi “BB” darajasida tasdiqlandi.

Fitch “O‘zbekgidroenergo” reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

 

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings “O‘zbekgidroenergo” AJning uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi prognozi ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqilgani bilan bog‘liq. Agentlik mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, fiskal intizomni mustahkamlash va investitsion muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni ijobiy baholagan.

 

Shu bilan birga, Fitch Ratings “O‘zbekgidroenergo” AJ reytingini baholashda kompaniyaning mamlakat energetika tizimidagi strategik o‘rni, davlat bilan institutsional aloqalari, moliyaviy intizomi, boshqaruv sifati, operatsion barqarorligi va axborot shaffofligi kabi omillarni ham inobatga olgan.

 

Agentlikka ko‘ra, jamiyatning gidroenergetika sohasidagi muhim vazifalari, barqaror ishlab chiqarish faoliyati, moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyatli yondashuvi hamda ehtiyotkorona moliyaviy siyosati uning kredit barqarorligini qo‘llab-quvvatlayotgan asosiy omillar hisoblanadi.

 

So‘nggi yillarda “O‘zbekgidroenergo” tomonidan gidroenergetika salohiyatini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, reyting prognozining “Ijobiy”ga o‘zgartirilishi kompaniyaning xalqaro investorlar va moliyaviy institutlar oldidagi ishonchliligini yanada mustahkamlab, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Fitch “O‘zbekgidroenergo” reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi | Zamon.uz