O'zbekiston

Mast holda avtomobil boshqarganlarga 15 sutkagacha qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

Besh turdagi qo‘pol qoidabuzarlik uchun ma’muriy jazo sifatida transport vositasini vaqtincha olib qo‘yish chorasi taklif etilmoqda.

Mast holda avtomobil boshqarganlarga 15 sutkagacha qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

 

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqildi.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sherzod Ibrohimovning ma’lum qilishicha, besh turdagi qo‘pol qoidabuzarlik uchun ma’muriy jazo sifatida transport vositasini vaqtincha olib qo‘yish chorasini joriy etish taklif etilmoqda.

 

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga transport boshqarishga ruxsat berish, noqonuniy poygalar tashkil etish yoki ularda ishtirok etish, yuk avtomobillarini tungi vaqtda yo‘l chetida qoldirish kabi holatlar uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.

 

Takliflarga ko‘ra, transport boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bu huquqdan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan yo‘l bezoriligi uchun avtomobilni musodara qilish yoki vaqtincha olib qo‘yish chorasi qo‘llanishi mumkin.

 

Bundan tashqari, transport vositasini mast holda boshqargan shaxslarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlash ham taklif etilgan.

 

Yana bir muhim yangilik sifatida, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar uchun jarimalarni chegirma asosida to‘lash imkoniyatini bir yil muddatga cheklash taklifi ilgari surilgan.

 

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga transport boshqarishga ruxsat berish, shuningdek, bunday holatlar natijasida tan jarohati, odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqan taqdirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik joriy etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"