O'zbekiston

Sirdaryoda hokimlik xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Mansabdor fuqaroning ishonchiga kirib, davlat zaxirasidagi yer maydonini ajratib berishni va’da qilgan.

Sirdaryoda hokimlik xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Guliston shahar hokimligining mas’ul xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, u tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, shaharning O‘zbekiston shoh ko‘chasida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 2 sotix yer maydonini oziq-ovqat do‘koni tashkil etish uchun mansabdor tanishlari orqali olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs talab qilingan mablag‘ning bir qismi sifatida fuqaroning “Lasetti” rusumli avtomobilini 12 ming AQSH dollariga baholab, boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma asosida olib qolgan.

 

Tezkor tadbir davomida u kelishilgan pul mablag‘ining navbatdagi qismi hisoblangan 8 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.