O'zbekiston

Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qatnovlarni tashkil etish maqsadida Koreyadan 8 ta zamonaviy elektropoyezd olib kelinadi.

Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

O‘zbekistonda Toshkent–Andijon hamda Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

 

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Koreyada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sharofiddin Qodirov, Transport vazirligi vakili Anvar Dushayev hamda Hyundai Rotem prezidenti Li Yong Be o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

 

Muloqot davomida tomonlar temiryo‘l transporti sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilgan. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ishlab chiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” nomli yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni belgilangan muddatlarda yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqilgan.

 

Shuningdek, Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi qatnovlarni tashkil etish maqsadida 8 ta zamonaviy elektropoyezdni yetkazib berish loyihasi yuzasidan texnik shartlarni yakuniy kelishish bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilingan.

 

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish hamda temiryo‘l transporti sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.