Jahon

Rimda migratsiya masalasi bo‘yicha qarama-qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Parlament muhokamasiga kiritilgan “reemigratsiya” tashabbusi fonida o‘tkazilgan aksiyalar davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun minglab politsiyachilar safarbar etildi.

Rimda migratsiya masalasi bo‘yicha qarama-qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Italiya poytaxti Rimda migratsiya siyosati yuzasidan qarama-qarshi pozitsiyadagi minglab fuqarolar ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Namoyishlarga parlament muhokamasiga kiritilgan va 50 ming imzo to‘plagan “reemigratsiya” to‘g‘risidagi fuqarolik tashabbusi sabab bo‘ldi.

 

“Remigration and Reconquest” tashabbusi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish hamda mamlakatga kirish qoidalarini yanada qat’iylashtirishni nazarda tutadi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar migratsiya siyosatini keskinlashtirish va chet elliklarni mamlakatdan chiqarishni talab qildi. Ayrim ishtirokchilar Mussolini davriga ishora qiluvchi shiorlarni ham ilgari surgan.

 

Shu bilan birga, Rimning boshqa hududida chap qanot harakatlari va kasaba uyushmalari tomonidan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi tashkil etildi. Namoyishchilar ksenofobiya va kamsitishlarga qarshi ekanini bildirib, migrantlar huquqlarini himoya qilishga chaqirdi.

 

Tartibni saqlash uchun minglab politsiyachilar safarbar etildi. Rasmiylarga ko‘ra, aksiyalar jiddiy to‘qnashuvlar va zo‘ravonliklarsiz yakunlangan.

 

Migratsiya masalasi Italiya bosh vaziri Jorja Meloni hukumati faoliyatidagi eng dolzarb siyosiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

 

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"