Jahon

Efiopiyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani bildirilmoqda.

Efiopiyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

 

Efiopiyaning Amhara mintaqasida yo‘lovchi avtobusi jarlikka qulab tushishi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 15-iyun kuni sodir bo‘lgan. Avtobus Dessi shahridan poytaxt Addis-Abeba tomon harakatlanayotgan vaqtda taxminan 100 metr chuqurlikdagi jarlikka qulab tushgan.

 

Voqea joyiga qutqaruvchilar va tibbiyot brigadalari zudlik bilan yetib borib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan. Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani bildirilmoqda.

 

Mutasaddilar halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlarini boshlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Efiopiyada yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchrab turadi. Bunga ayrim hududlarda yo‘l infratuzilmasining talab darajasida emasligi, transport vositalarining texnik holati hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmasligi sabab bo‘layotgani qayd etiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Efiopiyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz