O'zbekiston

Endi mahkumlarning kitob mutolaasi test orqali baholanadi

Adabiyotlarni o‘qiganlik darajasini baholash uchun maxsus komissiya tashkil etilib, komissiya yiliga kamida ikki marta test sinovlari natijalarini ko‘rib chiqadi.

Endi mahkumlarning kitob mutolaasi test orqali baholanadi

 

Hukumatning 2026-yil 12-iyundagi 307-son qarori bilan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganlik faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Yangi nizomga ko‘ra, mahkumlarning adabiyotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, test sinovlari jarayonini nazorat qilish va natijalarni tasdiqlash maqsadida muassasa xodimlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tuziladi.

 

Komissiya yig‘ilishlari yiliga kamida ikki marotaba — fevral va avgust oylarida o‘tkaziladi. Test natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosa mahkumga imzo evaziga tanishtiriladi va uning shaxsiy yig‘majildiga kiritiladi.

 

Shuningdek, komissiya xulosasining nusxasi prokurorga yuboriladi. Mahkumning himoyachisi esa o‘z so‘roviga ko‘ra ushbu hujjat nusxasini olishi mumkin.

 

Nizomga muvofiq, mahkum test natijalari bilan tanishtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida test o‘tkazish jarayoni yoki uning natijalari yuzasidan shaxsan o‘zi yoki himoyachisi orqali sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

 

Sud shikoyatni ko‘rib chiqib, dalillar tasdiqlanmasa test natijalarini o‘z kuchida qoldirishi, dalillar asosli deb topilgan taqdirda esa test natijalarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.