O'zbekiston

2025-yilgi OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 million so‘mni qayd etdi

Eng yuqori o‘rtacha ish haqi biznes va boshqaruv, huquq hamda AKT yo‘nalishlari bitiruvchilarida kuzatilmoqda.

2025-yilgi OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 million so‘mni qayd etdi


 
Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ta’lim tizimini rivojlantirishga oid taqdimotda oliygohlari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksini joriy etish bo‘yicha muhim qarorlar belgilab olindi.


 
Endilikda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashning yangi mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksi joriy etilmoqda. Mazkur indeks nafaqat bitiruvchilarning ishga joylashganligini, balki ularning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati va kasbiy faoliyati sifatini ham baholash imkonini beradi.

 

Ushbu indeks bo‘yicha dastlabki modellashtirish amalga oshirildi. Modellashtirish 114 ta oliy ta’lim tashkilotining 2025-yildagi 242,6 ming nafar bitiruvchisi haqidagi ma’lumotlar asosida amalga oshirildi.

 

Dastlabki natijalarga ko‘ra bitiruvchilarning bandlik darajasi — 75%, o‘rtacha oylik ish haqi — 5,1 mln so‘m, o‘rtacha ishga joylashish muddati — 2 oy 1 kun va bitiruvchilarning 60,1% qismi kamida 4 oy davomida barqaror ishlagan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash Milliy agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qiziqarli jihati shundaki, eng yuqori o‘rtacha ish haqi Biznes va boshqaruv (8,5 mln so‘m), Huquq (7,3 mln so‘m) hamda AKT (6,8 mln so‘m) yo‘nalishlari bitiruvchilarida kuzatilmoqda.

 

Eng yuqori indeks esa Matematika va statistika (69,6 ball), Ta’lim (66,7 ball) hamda Biznes va boshqaruv (63,9 ball) yo‘nalishlarida qayd etilgan.

 

Indeks natijalariga ko‘ra eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan Top-20 oliygohning Karera markazlari 500 mln so‘mdan rag‘batlantiriladi.

 

Ushbu natijalar 8 oylik kuzatuv davri asosidagi dastlabki modellashtirish hisoblanadi. Indeksning yakuniy natijalari 12 oylik ma’lumotlar asosida hisoblanib, joriy yil avgust oyida e’lon qilinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.