Jahon

2035-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Bonndagi FMCP3 sessiyasida milliy iqlim majburiyatlari bo‘yicha erishilgan natijalarni taqdim etdi.

2035-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

 

Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan Taraqqiyotni ko‘p tomonlama ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhning uchinchi sessiyasi (FMCP3)da O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va milliy iqlim majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan natijalarni taqdim etdi.

 

Milliy iqlim markazi direktori Farrux Sattorov boshchiligidagi delegatsiya BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli Konvensiyasi doirasidagi Yordamchi organlarning 64-sessiyasi (SB64) tadbirlarida ishtirok etdi.

 

Sessiyada O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning iqlim xavflariga chidamliligini mustahkamlash hamda Parij kelishuvi doirasidagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

 

Ta’kidlanishicha, yangilangan Milliy miqyosda belgilangan hissa (NDC) dasturiga muvofiq, O‘zbekiston 2035-yilgacha 2010-yilga nisbatan YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga kamaytirishni maqsad qilgan. Shuningdek, iqtisodiyotning uglerod sig‘imini 35 foizga kamaytirish bo‘yicha oldingi maqsad muddatidan avval bajarilgan.

 

Sessiya davomida mamlakatda quyosh va shamol energetikasi loyihalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarida “yashil” energiya ulushi qariyb 30 foizga yetgani, 2030-yilgacha esa bu ko‘rsatkichni 50 foizdan oshirish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

 

Suv resurslarini tejash borasidagi ishlar ham alohida e’tirof etildi. Suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish natijasida har yili qariyb 10 milliard kub metr suv iqtisod qilinayotgani ma’lum qilindi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakat bundan buyon ham xalqaro iqlim hamkorligini kengaytirish, iqlim moliyalashtirishini jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali Parij kelishuvi maqsadlariga erishish yo‘lida faol ishlashini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

2035-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda | Zamon.uz