O'zbekiston

DXX kubogi: Toshkent shahar bosqichiga qur’a tashlandi

Mazkur bosqichda katta futbol yo‘nalishida 192 nafar, mini-futbol bo‘yicha esa 120 nafar o‘g‘il bolalar va 120 nafar qizlar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

DXX kubogi: Toshkent shahar bosqichiga qur’a tashlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining Toshkent shahar bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida musobaqaning tuman bosqichlari sarhisob qilinib, unda 15 mingdan ortiq yosh futbolchilar ishtirok etgani ta’kidlandi.



Qayd etilishicha, musobaqa nafaqat ishtirokchilar, balki ularning ota-onalari, yaqinlari va minglab muxlislarni ham birlashtirib, hududlarda katta sport bayramiga aylandi.
Endilikda Toshkent shahar bosqichida yosh futbolchilar o‘z mahoratini namoyish etadilar.

 

                                   

 

Mazkur bosqichda katta futbol yo‘nalishida 192 nafar, mini-futbol bo‘yicha esa 120 nafar o‘g‘il bolalar va 120 nafar qizlar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.



Qur’a tashlash marosimini O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakili Sherzod Rajabov olib bordi. Unga ko‘ra, har bir yo‘nalishda 12 tadan jamoa ishtirok etadi va qur’a natijasida 6 tadan juftlik shakllantirildi.

 

                                     



Qizlar o‘rtasidagi mini-futbol juftliklari:

Uchtepa – Yangihayot
Yakkasaroy – Yashnobod
Shayxontohur – Mirobod
Olmazor – Chilonzor
Bektemir – Mirzo Ulug‘bek
Sergeli – Yunusobod

 

                                   



O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini-futbol juftliklari:

Mirzo Ulug‘bek – Sergeli
Uchtepa – Yashnobod
Olmazor – Yunusobod
Shayxontohur – Yakkasaroy
Bektemir – Mirobod
Yangihayot – Chilonzor

 

                                   



Futbol bo‘yicha juftliklar:

Sergeli – Mirobod
Yangihayot – Uchtepa
Chilonzor – Olmazor
Shayxontohur – Yashnobod
Yakkasaroy – Yunusobod
Mirzo Ulug‘bek – Bektemir


Shu tariqa, DXX kubogining Toshkent shahar bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar o‘z raqiblarini bilib oldi. Endi yosh futbolchilar poytaxt miqyosidagi bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX kubogi: Toshkent shahar bosqichiga qur’a tashlandi | Zamon.uz