O'zbekiston

O‘zbekiston Birinchi xonimi va Albaniya Birinchi xonimi uchrashdi

Armanda Begay Ko‘ksaroydagi uchrashuv doirasida o‘zbek xalqining milliy san’ati, urf-odatlari hamda “Kelin salom” marosimi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi va Albaniya Birinchi xonimi uchrashdi

Albaniya Respublikasi Prezidenti Bajram Begajning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya Birinchi xonimi Armanda Begajning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik hamda o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

 

Madaniy dastur davomida Armanda Begay o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ishlari, jumladan yog‘och o‘ymakorligi, qadimiy so‘zana kashtachiligi va an’anaviy kulolchilik buyumlari bilan tanishdi.

 

 

Shuningdek, an’anaviy o‘zbek liboslari namoyishi hamda mamlakatning turli hududlariga xos xususiyatlarni aks ettiruvchi “Kelin salom” marosimi taqdimoti bo'ldi.

 

 

Albaniya Birinchi xonimi o‘zbek xalqining milliy an’ana va urf-odatlariga qiziqish bildirib, ularning chuqur tarixiy ildizlari, go‘zalligi va betakrorligini alohida e’tirof etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi va Albaniya Birinchi xonimi uchrashdi | Zamon.uz