O'zbekiston

O‘zbekiston vakili ketma-ket ikkinchi bor COOMET Prezidenti etib saylandi

Ilk bor O‘zbekiston vakili 2024-yilda tashkilot rahbarligiga saylangan.

O‘zbekiston vakili ketma-ket ikkinchi bor COOMET Prezidenti etib saylandi

 

Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan COOMET Qo‘mitasining 38-yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Lazizbek Saidoripov ketma-ket ikkinchi muddatga COOMET Prezidenti etib saylandi.

 

Mazkur qaror O‘zbekistonning xalqaro metrologiya sohasidagi nufuzi ortib borayotganini hamda mamlakat tomonidan COOMET doirasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar va hamkorlik xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotganini yana bir bor tasdiqladi.

 

1991-yilda tashkil topgan ushbu Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (COOMET) tashkilot prezidentligiga Polsha, Rossiya, Slovakiya, Ukraina, Belorusiya, Qozog‘istonning vakillari saylangan. 2024-yilda ilk bor O‘zbekiston vakili tashkilot rahbarligiga saylangan bo‘lsa, 2026-yilgi saylov natijasiga ko‘ra u ushbu lavozimni yana saqlab qoldi.

 

Yig‘ilish doirasida yana bir muhim natija qayd etildi. Ilk bor O‘zbekiston vakillari COOMET tarkibiy organlariga rahbar etib saylandilar. Xususan, Azamat Taubaldiyev TQ 1.9 “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” texnik qo‘mitasi raisi, Alisher Botirov esa IG 1.6.6 “Sarf o‘lchash” ishchi guruhi raisi etib saylandi.

 

Ushbu natijalar O‘zbekiston mutaxassislarining yuqori kasbiy salohiyati va xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi nufuzi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 

COOMET doirasidagi faol ishtirok va rahbarlik lavozimlariga saylanish O‘zbekistonning xalqaro metrologiya maydonidagi mavqeini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda sohadagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

Ma’lumot uchun, COOMET Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi 2027-yilda Qozog‘istonda o‘tkaziladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.