O'zbekiston

Toshkentda jinoyat ishlarini “hal qilib berish”ni va’da qilgan IIO xodimiga jinoyat ishi ochildi

U restorandagi yong‘in oqibatida ishchi jarohat olgan holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun pul talab qilgan.

Toshkentda jinoyat ishlarini “hal qilib berish”ni va’da qilgan IIO xodimiga jinoyat ishi ochildi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ichki ishlar organlari mansabdor shaxsining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB TQX Jinoyat qidiruv bo‘limi bo‘linma boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

 

Shuningdek, u tadbirkorga tegishli restoranda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir ishchining kuyish jarohati olgani yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish evaziga ham pul talab qilgan.

 

Mansabdor shaxs mazkur masalalarni hal etib berish uchun jami 7 ming 500 AQSH dollari so‘ragan. Tezkor tadbir davomida u oldindan 2 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.