O'zbekiston

TXIF-2026 doirasida xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq mamlakatdan delegatlar ishtirok etmoqda.

TXIF-2026 doirasida xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

 

Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2026) doirasida CAEx ko‘rgazma majmuasida O‘zbekistonning investitsiyaviy, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini namoyish etishga qaratilgan yirik xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Ko‘rgazma forumning markaziy tadbirlaridan biriga aylanib, mamlakatning yetakchi kompaniyalari, tarmoq birlashmalari, davlat idoralari hamda xorijiy hamkorlarni bir maydonga jamlagan. Qariyb 6 ming kvadrat metr maydonda O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari va istiqbolli ishlab chiqarish tashabbuslari taqdim etilmoqda.

 

Ekspozitsiyada neft-gaz-kimyo sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, metallurgiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi yutuqlar namoyish etilmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Ko‘rgazma biznes vakillari, xalqaro moliya institutlari va davlat organlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydoni sifatida ham xizmat qilmoqda. Tadbir davomida qo‘shma loyihalar, investitsiya imkoniyatlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etilmoqda.

 

Forum dasturida panel muhokamalari, tarmoq va hududiy forumlar, investitsiya loyihalari taqdimotlari, pitch-sessiyalar hamda B2B va G2B uchrashuvlari o‘rin olgan. Tadbir yakunida yangi kelishuvlar va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, TXIF-2026da 100 dan ortiq mamlakatdan 9 mingdan ziyod delegat, jumladan, xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.