Jahon

Agar memorandum yoqmasa, Eron yana zarba ostida qoladi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan kelishuv yakuniy emasligini va harbiy javob ehtimoli saqlanib qolishini bildirdi.

Agar memorandum yoqmasa, Eron yana zarba ostida qoladi — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida agar Eron bilan tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumi shartlari unga ma’qul kelmasa, AQSh harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat yakuniy kelishuv emas va uning bajarilishi qat’iy shartlarga bog‘liq. U, shuningdek, memorandum doirasida Eron bilan sanksiyalarni bekor qilish darhol amalga oshmasligini ta’kidlagan.

 

“Bu o‘zaro anglashuv memorandumi. Agar menga yoqmasa, biz yana zarba berishga qaytamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

 

AQSh prezidenti Eron bilan kelishuv jarayoni hali yakunlanmaganini qayd etib, muzokaralar davom etayotganini bildirgan. Shuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalarida Eron uchun katta miqdordagi investitsiya jamg‘armasi tashkil etilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

 

Avvalroq Tramp Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar berib, Tehron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"