Jahon

AQSh Isroilga Eron bilan imzolangan memorandum matnini taqdim etmadi

Netanyaxu Eron bilan erishilgan kelishuvning aniq tafsilotlari Isroilga hali ma’lum emasligini bildirdi.

AQSh Isroilga Eron bilan imzolangan memorandum matnini taqdim etmadi

AQSh ma’muriyati Isroilning Eron bilan erishilgan o‘zaro anglashuv memorandumi matnini taqdim etish haqidagi so‘rovini rad etdi. Bu haqda CNN telekanali Isroildagi manbasiga tayanib xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Vashingtonning asosiy xavotirlaridan biri memorandum mazmuni rasmiy e’lon qilinishidan avval Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan oshkor etilishi ehtimoli bilan bog‘liq.

 

Mazkur ma’lumotni birinchi bo‘lib Isroilning i24 News telekanali e’lon qilgan. Shu bilan birga, AQSh rasmiylaridan biri ushbu xabarni rad etib, Vashington muzokaralar jarayonida mintaqadagi sheriklari, jumladan, Isroil bilan yaqin hamkorlik qilayotganini ta’kidlagan.

 

Dushanba kuni matbuot anjumani o‘tkazgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan memorandum masalasiga deyarli to‘xtalmagan. Keyinchalik jurnalistlar savollariga javob berar ekan, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan barcha masalalarda ham fikrlari bir xil emasligini qayd etgan.

 

“Biz hali ham ushbu kelishuvning aniq mazmuni qanday bo‘lishini bilmaymiz”, — degan Netanyaxu.

 

Avvalroq Donald Tramp Eron bilan imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi tafsilotlari yaqin kunlarda jamoatchilikka ma’lum qilinishini bildirgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Isroilga Eron bilan imzolangan memorandum matnini taqdim etmadi | Zamon.uz