O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumanida ishtirok etmoqda

Bank mahalliy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha xorijiy resurslarni jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumanida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 16–19-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom taraqqiyot bankining yillik anjumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.

 

                                                   

 

Mazkur nufuzli xalqaro tadbir doirasida bankning alohida ko‘rgazma stendi tashkil etilgan bo‘lib, unda bank faoliyati, strategik rivojlanish yo‘nalishlari, xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar hamda islomiy moliyalashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslar xalqaro jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

 

       

 

Shuningdek, anjuman doirasida xorijiy moliya institutlari va investorlarga bankning moliyaviy salohiyati, xalqaro kredit liniyalari va investitsiyaviy loyihalari namoyish qilinib, istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, yangi sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.

 

         

 

Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha xorijiy moliyaviy resurslarni jalb etish, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish va mazkur sohadagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Mazkur xalqaro platforma “Biznesni rivojlantirish banki” ATB uchun xorijiy investorlar va moliyaviy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish, shuningdek, milliy iqtisodiyotga xalqaro investitsiyalarni jalb qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

custom img

Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Haydovchi avval mast holda avtomobil boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"