O'zbekiston

Bolgariyada qiyin vaziyatga tushib qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Tegishli idoralar xorijda ish izlayotgan fuqarolarni faqat rasmiy manbalar orqali ishga joylashishga va mehnat shartnomalarini qonuniy rasmiylashtirishga chaqirdi.

Bolgariyada qiyin vaziyatga tushib qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Bolgariya Respublikasida murakkab moddiy va ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Istanbul shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarni qaytarish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralar ko‘rilgan. Natijada ular 16-iyun kuni O‘zbekistonga beg‘araz asosda qaytarilib, oila a’zolari bag‘riga sog‘-salomat yetib borishgan.

 

Tegishli idoralar xorijga ishlash maqsadida chiqayotgan fuqarolarni ish beruvchi va vositachi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni oldindan sinchiklab o‘rganish, mehnat shartnomalarini qonunchilik asosida rasmiylashtirish hamda faqat rasmiy va ishonchli manbalar orqali ishga joylashishga chaqirdi.

 

Ta’kidlanishicha, shubhali takliflarga ishonish va hujjatlarsiz xorijga chiqish fuqarolarni murakkab huquqiy va ijtimoiy muammolarga duchor qilishi mumkin.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Ayni paytda transport vositasi onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

2026 yil mobaynida o‘tkazilgan mazkur reyd tadbirlari davomida qarzdorlarga tegishli 416 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Toshkentda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer MIB orqali bo‘shatildi

Toshkentda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer MIB orqali bo‘shatildi

Ijro harakatlari davomida qurilma majburiy tartibda buzilib, sud hujjati talabi amalda bajarildi.