O'zbekiston

Farg‘onada dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta mashina butunlay yonib ketgan.

Farg‘onada dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Farg‘ona viloyatining Yozyavon tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 16-iyun kuni soat 22:16 da Yozyavon tumani “Soy bo‘yi” MFY hududida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

 

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etishgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Soy bo‘yi” MFYda joylashgan noturar qarovsiz binoning 60 kvadrat metr maydoni va 3 ta avtomobil yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 3 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

 

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB mas’ul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar mas’ullari chiqishgan.

 

Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.