O'zbekiston

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi

Joriy yilda 5 690 ta maktabda birinchi sinfga qabul onlayn shaklda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi

2026–2027-o‘quv yili uchun O‘zbekistonda birinchi sinfga qabul jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. Joriy yilda mamlakatning 135 ta tuman va shahridagi 5 690 ta umumta’lim maktabida 1-sinfga qabul onlayn shaklda amalga oshiriladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu respublikadagi barcha umumta’lim muassasalarining qariyb 60 foizini tashkil etadi.

 

Shuningdek, Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2026–2027-o‘quv yili uchun birinchi sinfga qabul jarayoni to‘liq onlayn formatga o‘tkazildi. Endilikda ushbu hududlardagi ota-onalar ariza topshirish uchun maktablarga shaxsan murojaat qilishlari shart bo‘lmaydi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi | Zamon.uz