O'zbekiston

Angrenda 344 marta qoida buzgan Spark topildi

Haydovchining jarimasi 175 mln so‘mdan ortib ketgan.

Angrenda 344 marta qoida buzgan Spark topildi

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarni aniqlash ishlari jarayonida bir haydovchiga tegishli “Spark” rusumli avtomashina topildi.



Maʼlum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi bilan 344 marta yo‘l harakati qoidalari buzilgan va 175 mln so‘mdan ortiq jarimalar belgilangan bo‘lgan.



Eng qizig‘i, ko‘plab qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli ijro hujjatlari yurituvga olingan. Biroq avtomashina uzoq vaqt davomida topilmay kelgan.



Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi Angren shahar hududida aniqlangan.


Jarimalarni o‘z vaqtida to‘lash va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish nafaqat qonun talabidir, balki haydovchining xavfsizligi va mol-mulkini saqlab qolish uchun ham muhim hisoblanadi.



Qayd etilishicha, endi undiruv ishlariga kirishiladi, chunki mashina topildi va uni auksionga qo‘yish choralari ko‘riladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.