O'zbekiston

Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs sudlandi

Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bo‘yicha hukm chiqargan.

Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs sudlandi

 

Korrupsiya — bu nafaqat pul yoki manfaat evaziga qilingan noqonuniy kelishuv, balki jamiyatning adolat, halollik va tenglik tamoyillarini ich-ichidan yemiradigan xavfli illatdir. U bir qarashda kichik tuyulgan harakatlar orqali boshlanib, asta-sekin butun tizimga zarar yetkazadi. Korrupsiya hukmron bo‘lgan joyda bilim emas, tanish-bilish, mehnat emas, pul va ta’sir hal qiluvchi kuchga aylanadi. Natijada esa eng og‘ir zarbani oddiy fuqarolar va halol mehnat qilayotgan insonlar oladi.



Buxoro viloyati Qorako‘l tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 2026-yil 5-iyun kuni ochiq sud majlisida fuqaro B. A. ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib, unga hukm chiqardi.



Sud hujjatlariga ko‘ra, 2002-yilda tug‘ilgan, Romitan tumanida yashovchi B. A. fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga oliy taʼlim muassasasiga “tanishlari orqali kirgizib qo‘yish” hamda soxta hujjatlar tayyorlab berishni vaʼda qilgan. U A. Y. ga Qozog‘iston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasida 1–2-kurslarni tamomlagani haqida soxta hujjatlar tayyorlash va shu asosda uni Buxoro Innovatsiyalar universitetining 3-kursiga joylashtirishni taklif qilgan. Ushbu xizmat evaziga dastlab 13 million so‘m talab qilingan bo‘lsa, keyinchalik 12 million so‘m berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.



2026-yil 10-fevral kuni A. Y. ning murojaati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi avtoturargohida kimyoviy ishlov berilgan 12 million so‘m pul B. A.ga topshirilayotgan vaqtda u ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Sudda sudlanuvchi o‘z aybiga qisman iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymon ekanini aytgan bo‘lsada, ish bo‘yicha to‘plangan guvoh ko‘rsatmalari, audioyozuvlar, stenogrammalar, ekspertiza xulosalari va boshqa dalillar uning aybini to‘liq tasdiqlagan.



Sud ish harakatlarini Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 1-qismi (firibgarlikka suiqasd) hamda 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolat qilish) bilan to‘g‘ri malakalangan deb topdi. Hukmga ko‘ra, B. A. 25, 168-moddasi 1-qismi bo‘yicha 1 yil axloq tuzatish ishlari, 28, 211-moddasi 1-qismi bo‘yicha esa 2 yil ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Jazolar qisman qo‘shilib, yakuniy tarzda unga 2 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Buxoro viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Xasanov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs sudlandi | Zamon.uz