O'zbekiston

Farg‘onada soliq qarzi sabab mashinalar xatlanmoqda

Xatlov jarayonlaridan birida transportdan ayrilishni istamagan MCHJ rahbari shu kuniyoq 67 million so‘mdan ortiq qarzni to‘lagan.

Farg‘onada soliq qarzi sabab mashinalar xatlanmoqda

Majburiy ijro byurosining Uchko‘prik tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor “H. R.” MCHJdan undiruvchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 2026 yil 19 maydagi qarorlarga asosan 2 ta ijro hujjati kelib tushib, shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.



Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan ikki dona “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositalari qidiruvga berildi.



Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida mazkur transport vositalaridan biri Qo‘qon shahri hududida, ikkinchisi esa Uchko‘prik tumanida aniqlanib, belgilangan tartibda xatlangan.



Avtotransport vositalaridan ayrilishni istamagan MCHJ rahbari davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng shu kunning o‘zida qarzdorlikni to‘liq bartaraf etdi.



Natijada undiruvchi foydasiga 63 million qarzdorlik, shuningdek 3 million 191 ming 40 so‘m ijro yig‘imi undirilib, jami 67 million so‘mdan ortiq mablag‘ning ijrosi amalda taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.