O'zbekiston

Jahon banki vitse-prezidenti Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi

Tashrif Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etildi.

Jahon banki vitse-prezidenti Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi

 

Poytaxtda o‘tkazilayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xalqaro moliya institutlari va tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.

 

                                   

Shu munosabat bilan 17-iyun kuni Jahon banki vitse-prezidenti Sangbu Kim boshchiligidagi delegatsiya Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Dusmuxamedov hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov kutib oldi.

Tashrif davomida mehmonlarga tuman hokimligining faoliyati, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari, hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar hamda raqamli transformatsiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

                                     

 

Xususan, “Vaziyatlar markazi” faoliyati, uning real vaqt rejimida muammolarni aniqlash va tezkor hal etishdagi o‘rni alohida taqdim etildi.

 

Xalqaro tashkilot vakillari Mirzo Ulug‘bek tumanida joriy etilgan zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, ular bunday ilg‘or tajribalar hududlarni barqaror rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.