O'zbekiston

O‘zbekiston mintaqaning bosh investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

V Toshkent xalqaro investitsiya forumida 102 davlatdan 10,6 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston mintaqaning bosh investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

 

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z miqyosi va nufuzli ishtirokchilari bilan rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Joriy yilgi forumda 10 ming 600 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ularning 4 mingdan ziyodi dunyoning 102 ta davlatidan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar, investorlar va biznes vakillaridan iborat bo‘ldi.

 

Nufuzli anjumanda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Albaniya Prezidenti Bayram Begay, shuningdek, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

 

Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yangi taraqqiyot banki hamda boshqa yirik xalqaro moliya institutlari va kompaniyalari vakillari ham qatnashdi.

 

Ta’kidlash joizki, forum ishtirokchilari Toshkentga tashrifini shaxsiy tashabbus asosida amalga oshirdi. Ular transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarni mustaqil ravishda qoplagan holda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu esa mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi, iqtisodiy salohiyati va barqaror taraqqiyotiga xalqaro biznes hamjamiyatining yuksak ishonchini namoyon etmoqda.

 

Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat yirik kapitalni jalb qilish, balki mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va xalqaro muloqot uchun muhim platforma sifatidagi ahamiyatini ham yana bir bor tasdiqladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.