O'zbekiston

Quvasoyda soliq qarzi evaziga traktor xatlandi

Qarzdor majburiyatni bajarish o‘rniga traktorni bog‘ hududiga yashirib kelgani maʼlum bo‘ldi.

Quvasoyda soliq qarzi evaziga traktor xatlandi

Majburiy ijro byurosi Quvasoy shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, soliq organi foydasiga qarzdor MCHJdan 315 million so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

 

Biroq qarzdor korxona belgilangan muddatda qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lamagan. Ijro harakatlari davomida MCHJga tegishli bo‘lgan “Belarus” rusumli traktorni qo‘shni qishloq hududidagi bog‘ga yashirib qo‘ygani aniqlandi.

 

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida yashirilgan texnika topilib, “Belarus” rusumli traktor xatlandi hamda belgilangan tartibda saqlovga olindi.

 

Hozirda 315 million so‘mlik soliq qarzdorligini undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"