O'zbekiston

Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga qo‘shildi.

Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinadi

 

Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga qo‘shilgani yaqinda e’lon qilinganini qayd etdi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

 

“Bularning barchasi g‘oyalaringiz amaliyotda izchil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir”, — dedi Prezident.

 

Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida kengash huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan investorlar manfaatlariga xizmat qiluvchi 50 dan ortiq samarali uchrashuv tashkil etilgan. Ular doirasida muqobil investitsiya jamg‘armalari, garov qonunchiligi, mas’uliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, soliq ma’murchiligi, yer ajratish va energetika kabi ustuvor yo‘nalishlar xorijiy investorlar bilan hamkorlikda batafsil muhokama qilingan.

 

Joriy yig‘ilishga tayyorgarlik jarayonida 120 ta yangi taklif va tashabbus kelib tushgan. Ular chuqur tahlil qilinib, investitsiya muhitini takomillashtirish, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank tizimi, korporativ boshqaruv, sun’iy intellekt hamda raqamli iqtisodiyot kabi yettita ustuvor yo‘nalishga birlashtirildi.

 

Prezident ayniqsa valyuta operatsiyalari bo‘yicha monitoring jarayonlarini soddalashtirish, islomiy sug‘urta tizimini joriy etish, “yashil” kreditlar va bank aktivlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, korxonalarda ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va samarali boshqaruvni nazarda tutuvchi ESG tamoyillarini keng qo‘llash masalalari bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

 

Shu munosabat bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, aniq yechimlar ishlab chiqilishi qayd etildi.

 

Davlat rahbari ushbu muhim vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan ishchi guruhlar hamraislari — “Vision Invest”, “BDO”, “Crowe”, “OTP Group”, “Franklin Templeton”, “Ernst & Young”, “Costa Legal” va “ACWA Power” kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"