O'zbekiston

Turkiyalik investorlar Imom Buxoriy boshqaruviga qiziqish bildirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov

Turkiyalik investorlar O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yangi sayyohlarni jalb etish bo‘yicha strategik hamkor bo‘lishga taklif etildi.

Turkiyalik investorlar Imom Buxoriy boshqaruviga qiziqish bildirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov

Turkiyalik investorlar Samarqandda joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 16-iyun kuni O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida ma’lum qildi.

 

Biznes uchrashuv Toshkent xalqaro investitsiyalar forumi doirasida tashkil etilgan. “Daryo” nashriga ko‘ra, Jamshid Qo‘chqorov o‘z chiqishida turkiyalik investorlarni qator sohalar bo‘yicha hamkorlikka taklif qildi. Qo‘chqorov O‘zbekistonda sayyohlik yo‘nalishi jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.

 

Unga ko‘ra, yaqinda foydalanishga topshirilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy majmualari ziyorat, madaniy- ma’rifiy turizm markazlariga aylanishiga ishonch bildirildi.

 

“O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida katta salohiyat mavjud. Biz turkiyalik biznes vakillarini sayyohlik yo‘nalishida qo‘shma marketing dasturlarini amalga oshirishga, mehmonxona va servis infratuzilmasini rivojlantirish, Turkiya va uchinchi davlatlardan sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha strategik hamkor bo‘lishga taklif etamiz. Samarqand shahrining yaqinida joylashgan Imom Buxoriy ziyorat majmuasini boshqaruvga olish masalasi yuzasidan turk investorlari tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda”, — degan vazir.

 

Mazkur forum doirasida 18-iyun kuni turizmga bag‘ishlangan panel yig‘ilishidan so‘ng Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqluov jurnalistlarga Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 24 ta mehmonxona xorijiy investorlarga ijaraga berilayotganini ma’lum qildi.

 

 

Uning aytishicha, mazkur mehmonxonalar 2 yilga investorlarga ijaraga beriladi. 3 yildan boshlab o‘zaro mehmonxona egalari bilan birgalikda umumiy marketing choralarni birgalikda ko‘rib chiqadi.Aqqulov hamkor tomon majburiyatlaridan 24 ta mehmonxonaga turli musulmon davlatlardan mehmonxona brendlarini jalb qilish va ularni targ‘ib qilishi kerakligini aytdi.

 

Qo‘mita raisi ,  15-16-iyun kunlari “Ratan” mehmonxonalari majmuasi rahbari Toshkent va Samarqandga kelib mehmonxonalarni ko‘zdan kechirib, baholash jarayonlarini o‘tkazib ketishgan. Iyul oyida o‘zlarini inspeksiyalari bilan tekshiruv ishlarini amalga oshirishini ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, “Ratan” mehmonxonasi vakillari O‘zbekistondagi 2-3 ta xususiy mehmonxona vakillari bilan kelishuvga erishgan.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"