O'zbekiston

Xorijiy investorlar kengashi a’zolari soni 85 taga yetdi

Xorijiy investorlar kengashi Yangi O‘zbekiston va jahon biznesi o‘rtasidagi ishonchli platformaga aylandi.

Xorijiy investorlar kengashi a’zolari soni 85 taga yetdi

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Davlat rahbari tadbir avvalida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotgani hamda kengash faoliyatiga samarali raislik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Xorijiy investorlar kengashi oddiy maslahat mexanizmidan amaliy islohotlar maydoniga, Yangi O‘zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylandi. Bugungi kunda kengash mustaqil assotsiatsiya maqomiga ega bo‘lib, tom ma’noda kuchli institut darajasiga ko‘tarildi.

 

O‘tgan bir yil davomida kengash a’zolari soni 54 ta kompaniyadan 85 taga yetdi. Ular iqtisodiyotning 23 ta tarmog‘ini qamrab olgan holda ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi kengashning Ijroiya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yuritmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar faolligi tobora ortib borayotganini alohida qayd etib, bu mazkur platformaga bo‘lgan yuksak ishonchning yaqqol ifodasi ekanini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari o‘tgan yilgi majlisda ilgari surilgan 21 ta tashabbus bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinganini bildirib, investorlar tomonidan berilgan takliflar davlat siyosatida amaliy ifodasini topayotganini qayd etdi.

 

Xususan, Soliq kodeksiga investorlar uchun qulay o‘zgartirishlar kiritildi, kompaniyalar o‘rtasidagi ichki qarz bitimlari moliyaviy nazoratdan chiqarildi, asosiy vositalarni tezlashtirilgan tartibda amortizatsiya qilish huquqi berildi. Shuningdek, xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvchi xorijiy kompaniyalar uchun qator majburiy talablar bekor qilindi.

 

Bundan tashqari, “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mas’uliyatli biznes yuritish standartlarini joriy etish hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro me’yorlarga moslashtirish bo‘yicha dastur tayyorlandi.

 

Shu bilan birga, xorijiy investorlar uchun teng va adolatli sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan xalqaro majburiyatlarni qabul qilish borasida ham yangi qadamlar tashlangani ta’kidlandi.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"